1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Germaniya Rossiyadan gaz sotib olib to‘g‘ri qilganmi?

So‘z Merkel xonimga.

Germaniya Rossiyadan gaz sotib olib to‘g‘ri qilganmi?

 

Angela Merkel Lissabondagi chiqishida Rossiyadan gaz sotib olish to‘g‘risidagi qaroriga izoh berdi. Bu haqda AP xabar berdi.

 

Sobiq kansler bu qaroridan afsuslanmasligini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, hatto sovuq urush yillarida ham Rossiya ishonchli yetkazib beruvchi bo‘lgan.

 

“O‘sha davr sharoitida Rossiyadan gaz o‘tkazgichlari orqali gaz sotib olish to‘g‘ri bo‘lgan. chunki bu dunyoning boshqa chekkalaridan suyultirilgan gaz import qilishdan arzonga tushgan”, – degan Merkel.

 

Angela Merkel 2005-2021 yillarda Germaniya hukumatiga rahbarlik qilgan. Rossiya-Ukraina mojarosi fonida uni Moskvadan gaz sotib olgani, “Shimoliy oqim” gaz o‘tkazgichlari qurilishiga rozilik bildirgani uchun tez-tez tanqid qilishmoqda. Xususan, Polsha prezidenti sobiq kanslerni Yevropaga xiyonatda ayblagandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика