1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Germaniyada 13 aeroportda ish tashlash boshlandi

Natijada 3400 dan ortiq reys bekor qilingan.

Germaniyada 13 aeroportda ish tashlash boshlandi

10-mart kuni Germaniyaning yirik aeroportlarida 24 soatlik ogohlantiruvchi ish tashlash boshlandi. Bu norozilik namoyishi aeroport operatorlari, yer usti xizmatlari va xavfsizlik xodimlarini qamrab olgan bo‘lib, Ver.di kasaba uyushmasi tomonidan tashkil etilgan.

 

Ish tashlash Berlindan tortib Myunxen va Frankfurtgacha bo‘lgan 13 aeroportga ta’sir ko‘rsatdi. Natijada 3400 dan ortiq reys bekor qilinib, yarim milliondan ortiq yo‘lovchi jabrlanishi mumkin. Kasaba uyushmasi ish haqi oshirilishini va ish sharoitlarini yaxshilashni talab qilmoqda.

 

Norozilik namoyishining asosiy sababi – ish haqi 8 foizga oshirilishi yoki kamida 350 yevro ko‘tarilishi, shuningdek, og‘ir ish sharoitlari uchun qo‘shimcha to‘lov va qo‘shimcha dam olish kunlari talab qilinishidir. Ver.di vakillarining ta’kidlashicha, bu chora-tadbirlar taxminan 25 ming xodimning mehnat sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика