Endilikda mazkur muddat yana bir yilga uzaytirildi. Shuningdek, berilgan davriga qarab, almashtirish muddati ham ko‘rsatib o‘tildi.
Jumladan:
● 2010-yilgacha berilganlari – 2022-yil 31-martgacha;
● 2010 – 2020 yillarda berilganlari – 2022-yil 30-iyungacha;
● 2013 – 2015 yillarda berilganlari – 2022-yil sentabrgacha;
● 2015-yildan keyin berilganlari – 2022-yil 31-dekabrgacha almashtirilishi majburiy hisoblanadi.
Eslatma. Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy deb hisoblanmaydi.
Avvalroq "prava”sini almashtirmaganlarga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilgani, O‘zbekistonda “prava”siz mashina haydashga va rulda telefondan foydalanishga ruxsat berilishi hamda Milliy haydovchilik guvohnomasini Rossiyadagi konsullik muassasalari orqali yangisiga almashtirish mumkinligi haqida xabar qilingandi.
Olamgir Abdiyev


