1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

"Prava”sini almashtirmaganlarga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratildi

So‘nggi kunlarda Davlat xizmatlari markazlarida haydovchilik guvohnomasini almashtirish uchun kelayotgan fuqarolar oqimi keskin oshgan. Bu esa DXMlarda uzun navbatlar hosil bo‘lishiga, shuningdek, baʼzi bir tushunmovchiliklarga sabab bo‘lmoqda. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi xabar berdi.

"Prava”sini almashtirmaganlarga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratildi

 

Ma'lum qilinishicha, bugungi kunda 5 million 793 ming nafar haydovchilarning 3 million 600 ming nafari haydovchilik guvohnomasini almashtirgan. Shundan 2 milliondan ortiq haydovchi guvohnomasi hali almashtirilgani yo‘q.

 

Haydovchilarga yordam berish va muammoni yechish uchun masʼullar nima choralarni ko‘rdi? Mazkur savolni agentlik o‘z kanalida keltirar ekan, javoblarni ham yozib o‘tadi.

 

Milliy haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirish uchun Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek, Yakkasaroy va Sergeli tumanlari Davlat xizmatlari markazlariga ham murojaat qilish imkoniyati yaratilgan.

 

Bundan tashqari, fuqarolar haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish uchun ro‘yxatdagi Davlat xizmatlari markazlariga dam olish kunlari, yaʼni shanba va yakshanba (bayram kunlaridan tashqari) soat 9:00 dan 15:00 gacha ham murojaat qilishlari mumkin.

 

Shuningdek, DXMlar orqali “prava” almashtirish uchun onlayn ariza yuborish imkoni berildi.

 

Haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirish xizmatidan foydalanish uchun DXMlarga tashrif buyuruvchilar oqimi katta bo‘lganligi sababli, Toshkent shahridagi DXMlarda erta tong soat 7.00dan boshlab faqat haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirish xizmati ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi. Qolgan xizmatlar odatdagi rejimda —  soat 9.00dan boshlab ko‘rsatiladi.

 

Maʼlumot uchun: eski haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish muddati 2021-yilning 31-dekabrigacha, deb belgilangan.

 

2022-yil 1-yanvardan boshlab eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari haqiqiy emas, deb hisoblanadi.

 

“Davlat xizmatlari agentligi xizmatlardan foydalanish jarayonida qulayliklar yaratishda davom etadi. Sizlardan ham davlat xizmatlaridan foydalanishda tartibni saqlashingizni, elektron navbatga rioya qilishingizni hamda o‘zaro hurmatni saqlab, sabrli bo‘lishingizni so‘rab qolamiz,” – deyiladi agentlik xabarida.

 

Аvvalroq O‘zbekistonda “prava”siz mashina haydashga va rulda telefondan foydalanishga ruxsat berilishi mumkinligi hamda 1-sentabrdan haydovchilardan ishonchnomani talab etish tartibi bekor qilinagani haqida xabar berilgandi.

 

 

Olamgir Abdiyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика