1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Himoyani kuchaytirayotgan "Bavariya, YeChLga tayyorgarlik ko'rayotgan "Bayer" va yana bir portugaliyalikni sotib olgan ingliz klubi

O'tgan hafta Yevropada qanday transferlar amalga oshirildi?

Himoyani kuchaytirayotgan "Bavariya, YeChLga tayyorgarlik ko'rayotgan "Bayer" va yana bir portugaliyalikni sotib olgan ingliz klubi

 

Hozir jahon futbolidagi asosiy mavzu Yevro-2024. Ammo klublar bir daqiqa ham ishini to'xtatgani yo'q. Transfer oynasi hamma joyda ham ochiq emas, lekin bir qator transfer kelishuvlari amalga oshirilmoqda. Biz bugun Yevropa jamoalarining oxirgi haftadagi asosiy xaridlari haqida ma'lumotlarni taqdim etamiz.

 

Matvey Safonov: "Krasnodar" → "PSJ" (20 million yevro)

 

Nihoyat, kelishuv rasman e'lon qilindi! Rossiyalik darvozabon Matvey Safonov "PSJ" futbolchisiga aylandi. Parijliklar darvozabonni "Krasnodar"dan 20 million yevro + bonuslar evaziga sotib olishdi. Safonov "PSJ" bilan 2029-yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi. Parijda Matvey Janluiji Donnarumma bilan raqobatga kirishadi.

 

Ladislav Kreychi: "Sparta" → "Jirona" (12 million yevro)

 

“Jirona” tarixida ilk bor Chempionlar ligasiga yo‘llanma oldi. Kataloniyaliklar eng muhim mavsum oldidan himoya markazini kuchaytirishga qaror qilishdi. 12 million yevro evaziga “Jirona” himoyachi Ladislav Kreychini “Sparta” klubidan oldi. Hozirda 25 yoshli futbolchi Chexiya terma jamoasi safida Yevro-2024 da o'ynamoqda.

 

Shadi Riad: "Betis" → "Kristal Pelas" (15 million yevro)

 

"Betis" yaxshi kelishuvga erishdi. Avvaliga klub "Barselona"dan himoyachi Shadi Riadni 9 million yevro evaziga sotib oldi. Keyin esa “Betis” uni “Kristal Pelas”ga 15 million yevroga sotdi.

 

Ales Garsiya: "Jirona" → "Bayer" (18 million yevro)

 

"Jirona" nafaqat tarkibi kuchaytirmoqda, balki pul ham ishlamoqda. Kataloniyaliklar Ales Garsiyani 18 million yevro evaziga Germaniyaga qo‘yib yuborishdi. 26 yoshli yarim himoyachi Leverkuzenning "Bayer" klubi bilan shartnoma imzoladi. Leverkuzen tarixida ilk bor mamlakat chempioni bo'ldi. Albatta, klub bu muvaffaqiyatni Chempionlar ligasida takrorlashni xohlaydi.

 

Xiroki Ito: "Shtutgart" → "Bavariya" (23 million yevro)

 

"Bavariya" yana ajoyib futbolchini sotib oldi. Bu safar “Shtutgart” muhim futbolchisiz qoldi. “Bavariya” markaziy himoyachi Xiroki Itoni 23 million yevro evaziga sotib oldi. O'tgan mavsum myunxenliklar himoyada muammolarga duch kelishdi. Bu transfer himoyani yanada kuchaytiradi va jamoa bosh murabbiyi Vensan Kompaniga qo'shimcha imkoniyat beradi.

 

Yanuel Belosyan: "Renn" → "Bayer" (15 million yevro)

 

Yana bir iqtidorli futbolchi "Bayer"ga o'tdi. Leverkuzenliklar 15 million yevro evaziga “Renn”dan himoyachi Januel Belosyanni sotib oldi. O'tgan mavsumda 18 yoshli futbolchi Liga 1da 23 ta o'yinda maydonga tushdi. Endi esa Belosyan “Bayer” bilan Chempionlar ligasida o‘ynaydi.

 

Rodrigo Gomes: "Braga" → "Vulverxempton" (15 million yevro)

 

Yana bir yosh portugaliyalik futbolchi "Vulverxempton" a'zosiga aylandi. "Bo'rilar" yarim himoyachi Rodrigo Gomesni "Braga"dan 15 million yevroga sotib oldi. U o'tgan mavsumni "Eshtoril"da ijara asosida o'tkazdi va Portugaliya chempionatida 30 ta o'yinda maydonga tushdi.

 

Anjelino: "RB Leypsig" → "Roma" (5,2 million yevro)

 

Anjelino "Roma"ning to'laqonli futbolchisiga aylandi. Rimliklar ispaniyalik himoyachini 2024-yilning qishida "RB Leypsig"dan 5,2 million yevroga sotib olgandi. Endi esa u Daniel De Rossi boshchiligidagi klubda faoliyatini davom ettiradi.

 

Sharl de Ketelare: "Milan" → "Atalanta" (22 million yevro)

 

"Atalanta" 22 million yevro evaziga "Milan"dan Sharl de Ketelareni xarid qildi. U o'tgan mavsumda 50 o'yinda 14 gol urdi va 11 golga assistentlik qildi. Belgiyalik futbolchi “Atalanta”ga Chempionlar ligasida muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun yordam beradi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика