Xitoy Hindiston xavfsizligi uchun eng katta xavf sifatida baholandi. Bu haqda Hindiston mudofaa shtabi boshlig‘i general Bipin Ravat maʼlum qilgan.
Ravatning fikricha, Dehli va Pekin o‘rtasidagi chegara masalasini hal qilish uchun o‘zaro ishonch yetishmapti. General ikki davlat vakillari o‘rtasida o‘tgan oyda bo‘lib o‘tgan muzokaralarning 13 raundi amalda hech qanday natija bermadi. Oqibatda tomonlar chegara yaqinida qo‘shin to‘plashni davom ettirmoqda. “Hindiston chegara chizig‘ida ham, dengizda ham har qanday avantyuralarga tayyor”, – degan Ravat.
Maʼlumot o‘rnida: Hindiston va Xitoy Sharqiy Ladakh hududiga daʼvo qilib keladi. 2020 yil may oyida ikki davlat chegarachilari o‘rtasida nizo kelib chiqdi. Amalda bu hudud Xitoy tomonidan nazorat qilinadi.
Avvalroq Xitoy Hindiston bilan chegarada katta qo‘shin to‘playotgani to‘g‘risida xabar qilingandi.
Jahongir Qo'ziyev


