Vashington va Nyu-Deli Ukrainadagi harbiy harakatlarni darhol to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda ikki davlat mudofaa va tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi yakuniy bayonotida so‘z boradi.
Vazirlar urush davomida tinch aholi vakillarining halok bo‘lishi holatlarini qattiq qoralagan. Shu bilan birga xalqaro munosabatlar BMT ustavi, xalqaro huquqni hurmat qilish, suverenitet va barcha davlatlarning hududi yaxlitligi tamoyillariga qurilgani taʼkidlangan.
Uchrashuv dushanba kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tgan. Unda AQSH davlat kotibi Entoni Blinken, Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Djayshankar, ikki davlat mudofaa vazirlari Llosd Ostin va Radjnatx Singxlar ishtirok etgan.
Avvalroq Oq uy Hindistonni Rossiya masalasida ogohlantirgandi.


