1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Hindistonda arilar galasi samolyot parvozini to‘xtatdi

Fyuzelyajga yopishib olgan asalarilar sabab samolyot 50 daqiqaga kechiktirilgan.

Hindistonda arilar galasi samolyot parvozini to‘xtatdi

Hindistonda arilar to‘dasi samolyot fyuzelyajini qoplab, parvozni kechiktirdi. Bu haqda Times of India nashri ma’lumot bergan.

 

IndiGo aviakompaniyasining Suratdan Jaypurga parvozi hodisa tufayli kamida 50 daqiqaga kechiktirildi. Asalarilarni birinchi bo‘lib yuk tashish xodimlari payqab qolishgan va ular darhol aviakompaniya hamda aeroport xodimlarini ogohlantirgan.

 

“Voqea joyiga yetib kelgan o‘t o‘chirish brigadasi asalarilarni haydash uchun o‘t o‘chirish mashinasidan suv oqimidan foydalangan”, — dedi aeroport vakili.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘t o‘chiruvchilar ilgari bunday holatga duch kelmagan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика