"Navbahor" bosh murabbiyi Samvel Babayan kecha "Al-Hilol"ga qarshi bo'lib o'tgan o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Bugun biz Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi o‘ynadik. Biz bugungi o‘yinga raqibimiz - "Al Hilol"dan kelib chiqqan holda taktika tanladik. Albatta, oxirida o‘tkazib yuborilgan gol kayfiyatga ta’sir qiladi. "Al Hilol"ga qarshi o‘yinda vaqt cho‘zish, bu barcha jamoalar uchun normal holat. Futbolchilarimiz atayin vaqt cho‘zishmadi, jarohatlar va toliqish bunga sabab bo‘ldi. Nima bo‘lgan taqdirda ham keragidan ortiq 14 daqiqa qo‘shib berildi. Hujum qilmadik? Hujum qilishimizni Namanganda ko‘rasizlar".
Eslatib o'tamiz, kechagi bahs 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.