1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Ichimlik suvi va suvoqava xizmati uchun yangilik

“O‘zsuvtaʼminot” AJ “O‘zbektelekom” AK bilan birgalikda jismoniy shaxs-abonentlarga “Shaxsiy kabinet” xizmatini taklif qilmoqda.

Ichimlik suvi va suvoqava xizmati uchun yangilik

 

Mazkur xizmat 2021-yilning sentabr oyida joriy etilgan “UzWater billing” tizimi doirasida ishlab chiqilgan.

 

Shaxsiy kabinetdan foydalanish uchun jismoniy shaxslar, avvalo, https://cabinet.uzsuv.uz saytiga o‘z shaxsiy hisob raqamini kiritishi lozim bo‘ladi. Shundan so‘ng abonentning tizimga biriktirilgan mobil telefon raqamiga kod yuboriladi. Albatta, bu birinchi marta ro‘yxatdan o‘tish jarayoni uchun. Jismoniy shaxs kodni kiritgach shaxsiy onlayn kabinet ochiladi.

 

Mazkur jarayondan boshlab abonent hisoblagich ko‘rsatkichini masofadan turib “O‘zsuvtaʼminot” AJga yubora oladi.

 

Eslatma. Isteʼmol ko‘rsatgichlarining har oyda yuborilishi hisob-kitoblarning to‘g‘ri bo‘lishini taʼminlaydi.

 

“Shaxsiy kabinet” xizmati orqali amalga oshirilgan hisob-kitoblar to‘g‘risida maʼlumotlarga ega bo‘lish mumkin. Bundan tashqari, ichimlik va oqova suv xizmatlariga oid shaxsiy maʼlumotlarni kuzatish va murojaat qilish, ular uchun to‘lovlarni qulay elektron to‘lov tizimlari orqali onlayn amalga oshirish tizimi ham ishlab chiqilgan.

 

Eslatma. Shaxsiy kabinetga kirish uchun parolni yangilash hamda shunga o‘xshash yana boshqa qulayliklardan foydalanish imkoniyati yaratilgan.

 

Diqqat! Agar savol va takliflar bo‘lsa, 12-55 yagona call-markazi bilan bog‘lanish, “Uzsuv chat” telegram chati va ijtimoiy tarmoqlardagi Toshkent shahar suv taʼminoti sahifalari orqali murojaat qilish imkoniyati ham mavjud. Shuningdek, “SuvniAsra” mobil ilovasidan ham keraklicha maʼlumot olish mumkin.

 

Avvalroq suvdan foydalanish tartibi belgilangani haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика