1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Ijtimoiy himoya milliy agentligi idoraning eski bazasidan ma’lumotlar sizdirilganini tasdiqladi

Agentlik ayni paytda vaziyat belgilangan tartibda chuqur o‘rganilayotganini bildirdi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi idoraning eski bazasidan ma’lumotlar sizdirilganini tasdiqladi

 

 

Ijtimoiy tarmoqlar va ayrim axborot manbalarida hukumat axborot tizimlaridan kamida 15 million nafar O‘zbekiston fuqarosining shaxsiy ma’lumotlari o‘g‘irlanib, Dark Web’ga joylashtirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu ma’lumotlar bazasida shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar va boshqa shaxsiy axborotlar bo‘lishi mumkinligi aytilgan.

 

Mazkur xabarlar ortidan Kiberxavfsizlik markazi holatni o‘rganishga kirishgani, tekshiruv ishlari olib borilayotgani va keyinchalik qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etilishi ma’lum qilingandi.

 

Holat yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi rasmiy munosabat bildirdi. Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, dastlabki o‘rganishlar ushbu holat avval faoliyat yuritgan eski ma’lumotlar bazasiga taalluqli ekanini ko‘rsatmoqda.

 

Agentlik ayrim axborot saytlarida e’lon qilingan xabarlar holatning haqiqiy mazmuniga mos kelmasligini ta’kidlab, ayni paytda vaziyat belgilangan tartibda chuqur o‘rganilayotganini bildirdi. Fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari xavfsizligini ta’minlash uchun zarur choralar ko‘rilayotgani qayd etildi.

 

Tekshiruv yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha axborot belgilangan tartibda jamoatchilikka taqdim etilishi ma’lum qilindi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика