1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi ayollar asosan Toshkent shahrida yig‘ilgan

Gender tenglikni taʼminlash strategiyasida xotin-qizlarni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish, ularning innovatsion g‘oyalarini, ixtirochilik, ratsionalizatorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalasiga ham alohida eʼtibor qaratilgan, deb yozadi Senat raisi o‘zining telegram kanalida.

Ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi ayollar asosan Toshkent shahrida yig‘ilgan

 

 

Birgina o‘tgan yilning o‘zida 31 ming nafardan ziyod ilmiy xodim ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik faoliyati bilan shug‘ullangan bo‘lsa, ularning qariyb 40 foizini ayollar tashkil etgan.

 

Xususan, xotin-qizlarning 73 foizi oliy taʼlimda, 16,5 foizi davlat sektorida, 10 foizi tadbirkorlik sohasida, 0,2 foizi notijorat sektorida ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanmoqda.

 

Tahlillarga ko‘ra, ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi ayollar asosan Toshkent shahrida yig‘ilgan (49,6 foiz). Hududlarda esa ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchilar ko‘rsatkichi pastligicha qolmoqda.

 

Ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan ayollarning 3 568 nafari ilmiy darajaga ega bo‘lib, ularning 707 nafari fan doktori, 2 412 nafari fan nomzodi va 449 nafari PhD ilmiy darajasiga ega xodimlar hisoblanadi.

 

Hozirgi kunda ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq umumiy yillik moliyaviy hajmi 45,4 milliard so‘mlik 82 ta ilmiy loyiha (27,8 milliard so‘mlik 57 ta amaliy, qariyb 17 milliard so‘mlik 25 ta innovatsion loyiha) olima ayollar tomonidan bajarilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda Markaziy Osiyo xalqaro institutining ochilish marosimida  Tanzila Norboyeva  Prezidentning tabrigini o‘qib eshittirgani hamda Turkmanistonda Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqotining forumi bo‘lib o‘tgani, unga Tanzila Norboyeva yetakchilik qilgani haqida xabar berilgandi.

 

 

Mashhura Otajonova
Buvayda tumanidagi 16-umumta'lim maktabi o'qituvchisi

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика