1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Lifestyle

Ilon Mask dunyodagi eng boy odamga aylandi

“Forbes” nashri Ilon Maskni dunyodagi eng boy odam deb eʼlon qildi. Uning boyligi 271,3 milliard dollarga yetgan.

Ilon Mask dunyodagi eng boy odamga aylandi

 

Bundan oldin Maskning boyligi “Tesla” aksiyalari narxi oshishi tufayli 36,2 milliard dollarga oshgan edi. Kompaniyaning umumiy bozor kapitallashuvi ham choraklik daromadlar eʼlon qilinganidan so‘ng trillion dollardan oshib ketdi.

 

 Reytingning ikkinchi pog‘onasini “Amazon” rahbari Jeff Bezos (194,1 milliard dollar) egallagan bo‘lsa, uchlikni Fransiyaning LVMH kompaniyalar guruhi bosh direktori Bernard Arno (187,5 milliard) yakunladi.

 

Bungacha Bezos 212 milliard dollarga teng boyligi bilan dunyodagi eng boy odam maqomini egallab turgan edi.

 

Bundan avval 2020 yilda Ilon Maskning qancha oylik maosh olgani maʼlum bo‘lgani, “Tesla” kompaniyasi robot-gumanoid ustida ishlayotganini maʼlum qilgani hamda Donald Tramp eng boy amerikaliklar ro‘yxatidan joy ololmagani haqida xabar berilgandi. 

 

Olamgir Abdiyev 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика