Amerikalik milliarder Ilon Mask va tadbirkor Vivek Ramasvami saylangan prezident Donald Tramp davrida davlat samaradorligini oshirish bo‘yicha yangi departamentga rahbarlik qiladi.
Siyosatchi “buyuk Ilon Mask amerikalik vatanparvar Vivek Ramasvami” bilan birgalikda Davlat samaradorligi departamentini (DOGE) boshqarishini aytdi.
"Birgalikda bu ikki ajoyib amerikalik mening maʼmuriyatim uchun davlat byurokratiyasini demontaj qilish, ortiqcha qoidalar, keraksiz xarajatlarni kamaytirish va federal agentliklarni qayta tashkil etish yo‘lini ochib beradi", — dedi Tramp.
Yangi bo‘limning nomi Dogecoin (DOGE) — Mask tarafdor bo‘lgan kriptovalyutaga ishora qiladi. U Yaponiyada Doge mem ramziga aylangan Kabosu laqabli it ramziga aylangan. 2010 yillar boshida uning surati internetda tarqalib, mashhur memga aylangandi. 2013 yilda dasturchi Jekson Palmer undan Dogecoin logotipi sifatida foydalangan.


