1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qozog‘istondagi aviahalokatda 28 kishi omon qoldi

Ulardan 22 nafari shifoxonaga yotqizilgan.

Qozog‘istondagi aviahalokatda 28 kishi omon qoldi

Avvalroq Ozarbayjonning Boku shahridan Grozniyga uchayotgan samolyot Qozog‘istonning Aktau shahrida qulab tushgani xabar qilingandi.

 

Qozog‘iston transport vazirligiga ko‘ra, bortda 37 nafar Ozarbayjon, 6 nafar Qozog‘iston, 3 nafar Qirg‘iziston, 16 nafar Rossiya Federatsiyasi fuqarolari bo‘lgan.

 

Qulagan samolyot bortida kislorod balloni portlab ketgan va odamlar hushini yo‘qota boshlagan, dedi guvohlar. Ular bundan avvalroq qush dvigatelga kirganini aytgan.

 

Qozog‘iston FVV aviahalokat oqibatida omon qolganlar soni 28 kishiga yetganini maʼlum qildi. 22 kishi shifoxonaga yotqizilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика