
Putinning so‘zlariga ko‘ra, ISHIDning asosiy maqsadi – etnik va diniy nizolarni qo‘zg‘ash bo‘lib, shu orqali butun Markaziy Osiyoga taʼsir ko‘rsatishga harakat qilmoqda. Shuningdek, terrorchilar MDH hududiga qochqinlar ko‘rinishida kirishga harakat qilayotgani maʼlum qilindi.
Putin “Tolibon” hukumati inklyuziv emasligiga eʼtibor qaratdi. “Vaqtinchalik hukumat afg‘on jamiyatining barcha qismlarini qamrab olmagan. MDH toliblar o‘z vaʼdasini amaliy ishlar bilan mustahkamlashini kutmoqda”, degan Rossiya rahbari. Shu bilan birga, og‘ir iqtisodiy ahvol tufayli harakat aʼzolari narkotrafik daromadlaridan voz kechishi qiyinligi taʼkidlandi. “Toliblarni tan olishga shoshilmaslik kerak, ammo ular bilan muloqot qilish va afg‘onlararo yarashuv jarayonini qo‘llab-quvvatlash zarur”, – deb qo‘shimcha qilgan prezident.
Bundan avval Qatar davlatlarni “Tolibon” hokimiyatini tan olishda shoshilmaslikka chaqirgandi. Shuningdek, RF tashqi ishlar vaziri Andrey Rudenko toliblar Afg‘oniston shimolida nazoratni yo‘qotayotganini maʼlum qilgandi.
Jahongir Qo'ziyev


