1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Iroq TIV: Turkiya harbiy operatsiyasi Iroq hududiy yaxlitligi uchun tahdid

Dushanba kuni Anqara Iroq shimolida harbiy operatsiya boshlagandi.

Iroq TIV: Turkiya harbiy operatsiyasi Iroq hududiy yaxlitligi uchun tahdid

 

Turkiya Iroq shimolidagi harbiy operatsiyani o‘tkazishda rasmiy Bag‘dod bilan harakatlarni muvofiqlashtirmagan. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Ahmad as-Sahhof maʼlum qildi.

 

"Vazirlik buni Iroq suverenitetini buzish va hududiy yaxlitligiga tahdid deb biladi. Chunki bu operatsiya qo‘rquvga sabab bo‘ladi va iroqliklar xavfsizligiga tahdid tug‘diradi. TIVga Turkiya elchisi chaqirildi va unga Anqara harakatlarini bir tomonlama, dushmanona va ig‘vogarona ekani aks etgan nota topshirildi. Biz turk qo‘shinlarining to‘liq olib chiqib ketilishini talab qildik", — degan u.

 

As-Sahhofning qo‘shimcha qilishicha, Turkiya o‘z harakatlarini milliy xavfsizlikka tahdidlar bilan oqlamoqda. Shu bilan birga Bag‘dod turk elchisiga taqdim etilgan notaga hamon javob olmagan.

 

Maʼlumot o‘rnida: Dushanba kuni Turkiya Iroq shimolida Kurdiston ishchi partiyasiga qarshi harbiy operatsiya boshladi.

 

Avvalroq Turkiya tashqi ishlar vaziri BMT faoliyatini tanqid qilgandi

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика