Iroq janubidagi Basra shahrida bomba o‘rnatilgan avtomobilning portlashi oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘ldi, 20 kishi yaralandi, deb yozadi Reuters.
Mashina shahar shifoxonalaridan biri yaqinida portlagan. Voqea tafsilotlari aniqlanmoqda. Hozircha hech bir terroristik guruh portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olganicha yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, Minskda terakt sodir etishda gumon qilingan besh nafar shaxs qo‘lga olingan edi.
Avvalroq, Afg‘onistonning Qunduz shahridagi shia masjidida qonli terakt sodir bo‘lgani xabar qilingan edi. Oqibatda yuzdan ortiq kishi halok bo‘lib, 300 dan ortig‘i jarohatlandi.
Nasiba To‘xtayeva tayyorladi


