ISHID Afg‘oniston qo‘shnilariga xavf soladimi? Pentagon vakili javob berdi

Shuningdek, Pokistonning Afg‘oniston bo‘yicha pozitsiyasi maʼlum qilingan.

ISHID Afg‘oniston qo‘shnilariga xavf soladimi? Pentagon vakili javob berdi

 

AQSH mudofaa vazirining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Kolin Kol ISHIDning Afg‘onistondagi holati to‘g‘risida maʼlumot berdi.

 

Unga ko‘ra, AQSH razvedka xizmatlari ushbu terrorchi tashkilot Afg‘oniston tashqarisidagi davlatlarga 6-12 oy ichida hujum uyushtirishi mumkin. O‘z navbatida, “Al-Qoida” 1-2 yil ichida faolligini oshirishi qayd etilgan.

 

Kol Pokistonning Afg‘oniston bo‘yicha pozitsiyasiga ham to‘xtalib o‘tdi.

"Islomobod Afg‘onistonni terrorchilar uchun boshpana bo‘lishini istamaydi. Shuning uchun u AQSH bilan terrorizmga qarshi kurashda hamkorlikni davom ettirmoqda. Xususan, mamlakat havo hududidan foydalanishga ruxsat beryapti", — degan amaldor.

 

Shuningdek, "Tolibon"ning ISHIDga qarshi kurashi masalasi qayd etildi. Kolning fikricha, toliblarning terrorchilarga qarshi kurash istagi mavjud.

 

Bundan avval Pokiston toliblarga ISHID ga qarshi kurashda yordam berayotgani hamda AQSH havo hujumi natijasida “Al-Qoida” rahbarlaridan biri o‘ldirilgani xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика