1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ispaniya aeroporti nomaʼlum dron tufayli yopildi

Hozirda xavfsizlik xizmatlari tekshiruv ishlarini boshlagan.

Ispaniya aeroporti nomaʼlum dron tufayli yopildi

Ispaniyaning Alikante-Elche Migel Ernandes xalqaro aeroporti 27-oktyabr kuni kechqurun havo hududida nomaʼlum dron aniqlangandan so‘ng ikki soatga yaqin vaqtga yopildi. Xavfsizlik qoidalariga muvofiq, barcha parvozlar vaqtincha to‘xtatildi va qator reyslar Valeniya, Barselona, Malyorka hamda Mursiya aeroportlariga yo‘naltirildi.

 

Aeroport maʼmuriyati dronning qayerdan va qanday maqsadda uchirilgani hozircha maʼlum emasligini, politsiya va aviatsiya xavfsizligi xizmatlari tekshiruv boshlaganini maʼlum qildi.

 

Mutaxassislar taʼkidlashicha, hatto kichik dron ham samolyotlarni qo‘nish yoki uchish paytida jiddiy xavfga olib kelishi mumkin. Shu bois Yevropaning bir qator aeroportlarida dronlarga qarshi nazoratni kuchaytirish masalasi yana kun tartibiga chiqdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика