1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qozog‘istonda xorijliklar tomonidan rejalangan teraktning oldi olindi

Shuningdek sentabr-oktabr oylarida sakkiz nafar Qozog‘iston fuqarosi terrorizmni targ‘ib qilishda gumonlanib hibsga olingan.

Qozog‘istonda xorijliklar tomonidan rejalangan teraktning oldi olindi

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (KNB) Olmaotada besh nafar xorijlik tomonidan rejalangan teraktning oldini oldi.

 

KNBning Telegram-kanalida e’lon qilinishicha, 2025-yil sentabr oyida Olmaotada amalga oshirilishi rejalangan ushbu hujumni besh xorij fuqarosi rejalashtirgan. Barchasi qo‘lga olingan va hozirda tergov harakatlari davom etmoqda. Tergov tafsilotlari maxfiy saqlanmoqda.

 

Shuningdek, sentabr va oktabr oylarida sakkiz nafar Qozog‘iston fuqarosi terrorizmni targ‘ib qilishda gumon qilinib, hibsga olingan. Olti nafar shaxs terrorizm va ekstremizmga aloqadorlikda turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilingan.

 

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi aholi xavfsizligini ta’minlash va terrorizmga qarshi kurashdagi samaradorligini ta’kidladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика