1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Issiq-ko‘lda xalqaro sport o‘yinlari o‘tkaziladi

4-12 sentyabr kunlari Qirg‘izistonning Baktuu-Dolontu posyolkasida MDH va SHHTga aʼzo mamlakatlarining xalqaro sport o‘yinlari o‘tkaziladi. Bu haqda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Issiq-ko‘lda xalqaro sport o‘yinlari o‘tkaziladi

 

 

Issiq-ko‘lning qirg‘oqlariga MDH davlatlari, Xitoy, Mongoliya va Pokistonning professional bo‘lmagan sportchilari yigirmanchi marta to‘planadi.

 

Mazkur ommaviy sport o‘yinlari ishtirokchilarining umumiy soni 2 ming kishidan oshadi. Ularning barchasi o‘z yurtida dastlabki saralash turnirlarida g‘olib bo‘lgan. Endi Issiq-ko‘l bag‘rida sportning 20 turi bo‘yicha musobaqalashadi.

 

Anʼanaviy musobaqalardan tashqari barcha sportchilar “Alish” (belbog‘li kurash) milliy kurashida o‘z kuchini sinab ko‘rishi, shuningdek, “Issiq-ko‘l baatiri” tanlovida ishtirok etishi mumkin. Musobaqa turli yoshdagi erkak-ayollar o‘rtasida o‘tkaziladi.

 

Musobaqa “Osiyo — hamdo‘stlik va tinchlik hududi” shiori ostida Qirg‘izistonda nafaqat sportchilarni, balki murabbiylar va ekspertlarni ham jamuljam etadi. Musobaqaning faxriy mehmonlari sifatida MDHga aʼzo mamlakatlarning taniqli sportchilari ishtirok eishi ko'zda tutilmoqda.

 

O‘yinlarning tantanali ochilish marosimi 2021 yil 5 sentyabrda Issiq-ko‘l oblastining Baktuu Dolontuu qishlog‘idagi “Kapriz” dam olish markazida bo‘lib o‘tadi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq olipmia o‘yinlariga yangi sport turi kiritilgani hamda Tokio-2020 arenalari sportchilarni kutayotgani haqida xabar berilgandi.

 

 

Jamshid Amirov tayyorladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика