1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Jaloliddin Ahmadaliyev ham jarimaga tortildi

Sud qaroriga ko‘ra, xonanda huquqbuzar deb topilgan.

Jaloliddin Ahmadaliyev ham jarimaga tortildi

Muallif Shoxrux Abduvoxidovga tegishli bo‘lgan “Yurak”, “Meni deb oqardi sochlaring ona”, “Ko‘zlaringni qizg‘anma mendan” va “Barchasini Xudoga soldim” nomli sheʼrlar ijrochi Jaloliddin Ahmadaliyev tomonidan huquq egasi ruxsatisiz hamda tegishli tartibda shartnoma tuzmasdan foydalanilganligi aniqlandi. Bu haqida Adliya vazirligi xabar bermoqda.

 

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177 prim 1-moddasi bilan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborilgan.

 

Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Dang‘ara tuman sudining qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan jarima jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq xonanda Botir Qodirov ham mualliflik huquqini buzgani uchun 132 mln so‘m jarimaga tortilgandi.

 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика