1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

Jigar transplantatsiyasi oqibatida 32 yoshli bemor vafot etdi

O‘zbekistonda mustaqil jigar transplantatsiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazilgan 32 yoshli bemor vafot etdi.

Jigar transplantatsiyasi oqibatida 32 yoshli bemor vafot etdi

 

Qayd etilishicha, jarrohlik amaliyoti  16 sentyabrda  amalga oshirilgan. Bemorning  28 yoshli rafiqasi o‘z jigarini turmush o‘rtog‘iga o‘tkazilishiga rozi bo‘lgan.  Operatsiya davomiyligi  texnik qiyinchiliklar bilan 14 soat mobaynida  ijobiy yakunlangan, operatsiyadan so‘ng ham  bemorning sog‘lig‘i yaxshi bo‘lgan. Ammo, 29 sentyabr kuni bemor vafot etdi.

 

Maʼlum qilinishicha, jarrohlik amaliyotiga boshchilik qilgan jarroh, professor Mirshavkat Akbarov vaziyatni  quyidagicha izohladi:

Barcha operatsiyalar ham o‘ziga yarasha asoratlar bilan kechadi. Jigar operatsiyasida ham  75% asoratlar bo‘ladi. Lekin  bu asoratlarning hammasi ham o‘lim bilan tugaydi degani emas.

 

Shuningdek, bemor Ahmedov O‘ktamning  transplantatsiyadan keyin 5-6 kungacha ahvoli yaxshi bo‘lgan.  Analizlari normallashgach, reanimatsiya xonasidan palataga ko‘chirilgan. Afsuski, yettinchi kuni bemorda birdaniga gemoglobin tushib, ahvoli og‘irlashadi. Tezkor tekshiruvlar natijasida, oshqozonda gepatagen yara paydo bo‘lgan va undan prafuz qon keta boshlagan.. Bemor immuniteti begona organ hisoblangan jigarni qabul qilishi uchun immunitetni tushirishga yana qo‘shimcha dorilar qilingan.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, bunday dorilarning,  toksik taʼsiri mavjud  bo‘lib bu bemorda ensofolopatiyani keltirib chiqardi.  Oqibatda bemorga qon va qon preparatlarining quyilishi natijasida arterial tromboz kelib chiqqan. Va uni davolash uchun yana 7 soatlik operatsiya bo‘lib o‘tdi. Bemorning ahvoli muntazam nazorat qilib borilgan. Bemor buyrak va yurak yetishmovchiligi, siydik yo‘llaridagi muammolar tufayli vafot etgan.

Maʼlumot o‘rnida: bugungi kunda jigar transplantatsiyasi davlat tomonidan moliyalashtirilib kelinmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2022 yil yakunigacha barcha hududda buyrak transplantatsiyasi amaliyoti yo'lga qo'yilishi haqida xabar berilgandi.

Cho‘lponoy Ahmedova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика