1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Jizzaxda prokuror, Toshkentda tergovchi pora bilan ushlandi

Hozirda ularga nisbatan jinoiy ish ochilgan.

Jizzaxda prokuror, Toshkentda tergovchi pora bilan ushlandi

Jizzax viloyati prokuraturasining bo‘lim prokurori Jizzax shahrida yashovchi fuqaroni muqaddam Jinoyat Kodeksining 167-moddasi bilan sudlanganlik holatini o‘zining vakolatli hamkasbi orqali olib tashlashni vaʼda qilib, evaziga 1000 AQSH dollari va 1 dona “Samsung Galaxy S24 Ultra” rusumli telefon apparatini olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Toshkent shahar Yakkasaroy tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tergovchisi va 2 nafar surishtiruvchisi o‘zaro til biriktirib, xizmat mavqeidan foydalangan holda bo‘lim ish yurituvida bo‘lgan jinoyat ishi bo‘yicha ayblanuvchiga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llamaslik hamda uning harakatlarini JKning 273-moddasi 5-qismidan 276-moddasining 2-qismi “a” bandiga qayta malakalash evaziga, ayblanuvchining tanishi Q.O. orqali 7 ming AQSH dollari olgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ushlandi.

 

Toshkent shahrida yashovchi, 1967 va 1970 yillarda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan 2 nafar shaxs fuqaroning ishonchiga kirib, unga nisbatan IIV huzuridagi Tergov departamenti ish yurituvidagi JKning 168-moddasi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini prokuratura organlaridagi tanishlari orqali uning foydasiga ijobiy hal qilib berish va “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llamaslik evaziga 50 ming AQSH dollari talab qilishadi.

 

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda firibgarlardan biri, yaʼni, 1970 yilda tug‘ilgan shaxs so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ushlandi.

 

Hozirda ularni prokuratura tizimidagi tanishlarining shaxsiga aniqlik kiritish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

 

Namangan shahridagi advokatlar hayʼati advokati viloyat IIB tomonidan JKning 168 va boshqa moddalari bilan qo‘zg‘atilib, hozirda JIB Namangan shahar sudida ko‘rib chiqilayotgan jinoyat ishi bo‘yicha ayblanuvchiga nisbatan sud organlaridagi tanishlari orqali ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlanishiga yordam berish evaziga 10 ming AQSH dollari talab qilib, 8 ming AQSH dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Taʼkidlanishicha, advokat muqaddam JKning 25,97-moddasi bilan sudlangan shaxs hisoblanadi.

 

Hozirda mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика