1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda bojxona inspektori 5 ming dollar, soliq inspektorlari esa 2500 dollar olgan paytda ushlandi

DXX Zamon.uz’ga voqea tafsilotlarini ma’lum qildi.

Toshkentda bojxona inspektori 5 ming dollar, soliq inspektorlari esa 2500 dollar olgan paytda ushlandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bojxona qo‘mitasining Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi hamda Toshkent shahar prokuraturasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

 

Unda Toshkent viloyati Bojxona boshqarmasining “Navoiy” chegara bojxona posti inspektori xizmat mavqeidan foydalangan holda, Toshkent tumanida yashovchi, 1979 y.t. fuqaroning 7 kg oltin qimmatbaho metallari­ni Qozog‘iston Respublikasidan chegara bojxona posti orqali deklaratsiyada ko‘rsatmasdan va bojxona nazoratidan yashirgan holda o‘tkazib berish evaziga Chirchiq shahrida 5 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoiy dalillar bilan ushlan­di.

 

Hozirda bojxona xodimiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

 

Toshkent shahrida qayd etilgan holatda esa Shayxontohur tumani davlat soliq inspeksiyasining sho‘ba bosh inspektori xizmat mavqeidan foydalangan holda, oziq-ovqat mahsulotlari ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi MChJ faoliyatini o‘zining yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali tugatib berish evaziga 2500 AQSh dollari talab qiladi.

 

Davlat xavfsizlik xiz­matining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u so‘ralgan pul mablag‘ini tuman soliq inspeksiyasi binosi oldida olgan vaqtida ashyoiy dalillar bilan ushlandi.

 

Hozirda bosh inspektorga nisbatan Jinoyat Kodeksining

 

168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

 

Boshqa holatda esa Mirobod tumani soliq inspeksiyasining mahallalarga biriktirilgan soliq inspektorlari sho‘‘basi inspektori o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda, o‘ziga biriktirilgan hududda faoliyat yurituvchi savdo do‘konida soliq tekshiruvlari amalga oshirmaslik va kelgusida har qanday soliq tekshiruvlari to‘g‘risida oldindan xabar berib turish evaziga 10 mln so‘m pul mablag‘ini o‘zining bank plastik kartasiga o‘tkazdirib olgan vaqtida uning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.

 

Endilikda ushbu inspektor ham qonun oldida javob beradi.

 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика