Manbaning yozishicha, 2021 yil O‘zbekistonda eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil “Cobalt” bo‘lgan.
Qo‘mita matbuot xizmatining maʼlumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida 52 454 dona “Cobalt” avtomobili ishlab chiqarilgan.
Quyida 2021 yilning oylari kesimida mazkur avtomobilning ishlab chiqarish soni keltiriladi:
Yanvarda – 101 dona;
Fevralda – 6 026 dona;
Martda – 6 555 dona;
Aprelda – 5 541 dona;
Mayda – 6 836 dona;
Iyunda – 6 729 dona;
Iyulda – 4 529 dona;
Avgustda – 350 dona;
Sentyabrda – 6 649 dona;
Oktyabrda – 9 138 dona.
Avvalroq “UzAuto Motors” noodatiy dizayndagi modellerni namoyish qilgani hamda “Chevrolet” brendi avtomobillarining chet eldagi narxi qancha ekanligi haqida xabar berilgandi.
Olamgir Abdiyev


