
Unga ko‘ra, Bayden prezident etib saylanganidan so‘ng Vladimir Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Rossiya tahdidlariga qarshi ekani, AQSH milliy manfaatlarini himoya qilishini aytgan. So‘ng, AQSH yetakchisi 2016-yilgi saylovlarga aralashgani uchun Rossiyani “tovon to‘lash”ga majbur qilmoqchi ekanini bildirgan. Ammo Jim Jeratining fikricha, shundan keyin Bayden bu borada qatʼiylik ko‘rsatmagan. Muallif bunga Bayden maʼmuriyatining 2021-yil aprelida Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etib, iyun oyida Rossiya — AQSH rahbarlari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin Moskva bilan barqaror munosabatlar o‘rnatilishi eʼlon qilinganini misol qilib ko‘rsatgan.
Shuningdek, Jim Jerati strategik qurollarni cheklash to‘g‘risidagi shartnoma uzaytirilishi va “Shimoliy Oqim-2” loyihasi bo‘yicha AQSH roziligida ham Baydenni qatʼiyatsizlikda ayblagan.
Jeratining fikricha, so'nggi yangilik — AQSH Moskvaning Markaziy Osiyodagi harbiy bazalaridan foydalanishga harakat qilishi Vashingtonni Rossiyaga qaram qilib qo‘yadi. Chunki shundan so‘ng mintaqadagi barcha aksilterror operatsiyalarni o‘tkazish Moskvaga bog‘liq bo‘lib qoladi.
Avvalroq AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Rossiyani YEXHT yig‘ilishi o‘tmaganligida ayblab chiqqandi. Shuningdek, AQSH Rossiyaning Markaziy Osiyodagi bazalaridan foydalanishni so‘ragani xabar qilingandi.
Jahongir Qo'ziyev


