1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

JSST favqulodda vaziyatlarda foydalanish uchun sakkizinchi COVID-19 vaksinasini tavsiya qildi

“EpiVakKorona” vaksinasini COVID-19‘dan himoya qilish nuqtai nazaridan Rossiyaning boshqa vaksinalari bilan solishtirish mumkin.

JSST favqulodda vaziyatlarda foydalanish uchun sakkizinchi COVID-19 vaksinasini tavsiya qildi

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislari favqulodda foydalanish uchun COVID-19‘ga qarshi sakkizinchi vaksinani tasdiqladi. JSSTning tegishli ro‘yxatiga Hindistonning "Bharat Biotech" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan “Covaxin” preparati kiritildi.

 

 “Moderna” COVID-19 vaksinasi bolalarda yaxshi immun javob bergani haqida maʼlum qildi.

 

"6 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarda COVID-19 vaksinasining II bosqich sinovlaridan olingan  maʼlumotlarga ko‘ra, uning xavfsizligi bo‘yicha barqaror immunitet reaksiyasini ko‘rsatdi", — dedi kompaniya vakili.

 

"The Lancet" tibbiyot jurnali Rossiyaning "Sputnik Layt" vaksinasining xavfsizligi va samaradorligi haqida maqola chop etdi. Nufuzli nashr tomonidan yozilgan test natijasiga ko‘ra, preparat COVID-19‘dan tuzalmaganlar bemorlarda ham, infeksiyadan tuzalganlarda ham kuchli immunitet reaksiyasini keltirib chiqaradi.

 

Qayd etilishicha, “EpiVakKorona” vaksinasini COVID-19‘dan himoya qilish nuqtai nazaridan Rossiyaning boshqa vaksinalari bilan solishtirish mumkin.

 

"Rospotrebnadzorning Vektor tadqiqot markazida ishlab chiqilgan “EpiVakKorona” koronavirus vaksinasi yuqori immunologik samaradorlikka ega va COVID-19‘dan himoya qiladi", — deydi markaz masʼul xodimi.

 

Eslatib o‘tamiz, Birlashgan Millatlar Tashktloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish koronavirusning eng xavfli shtammlari paydo bo‘lishi mumkinligini aytgandi.

 

Avvalroq JSST notenglikni bartaraf etish uchun dunyo mamlakatlarini moratoriy eʼlon qilishga chaqirgani, AQSH Tojikistonga “Pfizer” vaksinasini yuborgani, COVID-19‘ning o‘lim darajasi 35 foiz bo‘lgan yangi shtamm paydo bo‘lishi mumkinligi hamda shifokorlar koronavirusning farzand ko‘rishga taʼsiri haqida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика