1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

JSST: “Vaksinalar adolatli taqsimlanmasa, koronavirusning yangi shtammlari ko‘payib boraveradi”

Klyuge vaksinalar agar adolatli taqsim qilinmasa, koronavirusning yangi shtammlari ko‘payib borishidan ogohlantirdi. U davlatlarni “zudlik bilan vaksinalarni bo‘lishish”ga chaqirgan.

JSST: “Vaksinalar adolatli taqsimlanmasa, koronavirusning yangi shtammlari ko‘payib boraveradi”

 

 

JSST koronavirusning yangi super shtammlari vujudga kelish sababiga izoh berdi.

 

JSST Yevropa byurosi direktori Gans Klyugening fikricha, bunga kasallikning  aholi orasida keng tarqalishi asosiy sabab bo‘lmoqda. “Viruslar vaqt o‘tishi bilan evolyutsiyaga uchraydi, bunga hayron qolish kerak emas. Kasallik qanchalik faol tarqalsa, u shunchalik tez mutatsiyaga uchraydi”, - degan ekspert.

 

 Klyuge vaksinalar agar adolatli taqsim qilinmasa, koronavirusning yangi shtammlari ko‘payib borishidan ogohlantirdi. U davlatlarni zudlik bilan vaksinalarni bo‘lishishga chaqirgan.

 

COVID-19‘ga qarshi samarali vaksinalarning tezlik bilan yaratilishi – pandemiyalar tarixidagi kamyob muvafaqqiyatlardan biridir. Lekin vaksiyanalar xavf guruhlariga o‘z vaqtida yetkazib berilmas ekan, barcha yutuqlarimiz yo‘qqa chiqadi va pandemiya cho‘ziladi”, deb taʼkidlagan Klyuge.

 

Dushanba kuni “katta yigirmatalik” davlatlari sog‘liqni saqlash vazirlari uchrashuvida vaksinalarni teng taqsimlashga kelishib olingan.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Avstriyada emlanganlar uchun pandemiya yakunlangani xabar qilingan edi.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика