Amerikaning taniqli Kardashianlar oilasi a'zosi Kayli Jenner Instagram’da 300 million obunachiga ega bo‘lgan dunyodagi birinchi ayolga aylandi. Bu haqda ELLE xabar berdi.
Shunday qilib, u ijtimoiy tarmoqdagi eng mashhur blogerlar ro'yxatida ikkinchi bo'ldi. Ro‘yxatda 388 million obunachi bilan Krishtianu Ronaldu yetakchilik qilmoqda.
Qizig'i shundaki, Kayli so'nggi ikki oy ichida o'z sahifadiga hech narsa joylashtirmagan. Shunga qaramay uning obunachilari soni tinimsiz ortib bormoqda. Uning Instagram'da faol emasligiga farzandlarining otasi Trevis Skottning Xyustondagi “qonli” Astroworld festivalidagi chiqishi bilan bog‘liq fojiali janjal sabab bo‘lgan. U yerda 10 nafar tomoshabin halok bo‘lgan edi.
Ma'lumot uchun: Kayli Jenner ikkinchi bor ona bo'lish arafasida.
Avvalroq Oq uyning sobiq rahbari Donald Tramp asos solgan yangi ijtimoiy tarmoqning ishga tushish sanasi ma'lum qilingandi.


