1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Amerikaning sobiq prezidenti asos solgan ijtimoiy tarmoq yopildi

Maʼlumki, Tramp  bir necha kun oldin "Truth Social"  nomli ijtimoiy tarmoqqa asos solgan edi. Ammo himoya tizimlari yaxshi ishlab chiqilmagani sababli,  ijtimoiy tarmoq hakerlar hujumiga uchradi. Oqibatda, tizim faoliyati buzildi. Natijada, tarmoq asoschilari platformani butunlay yopishga majbur bo‘lgan. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

Amerikaning sobiq prezidenti asos solgan ijtimoiy tarmoq yopildi

 

Qayd etilishicha, “Truth Social” hali foydalanishga ham topshirilmagan edi.

 

Ijtimoiy tarmoqni buzgan hakerlarning so‘zlariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoq ishga tushishi bilan bir necha soat o‘tib,  uning beta -versiyasiga kirishgan. Natijada, ular mashhur shaxslarning bir nechta soxta akkauntlarini yaratib, o‘sha nom bilan postlar joylashgan. Shuningdek, bu harakat yangi tarmoq himoyasi kamligini va unda har qanday akkauntni yasash mumkinligini ko‘rsatdi.

 

Maʼlumot o‘rnida: AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampning tarafdorlari  joriy yil yanvar oyida Kapitoliyga kirgandan so‘ng, “Facebook”, “Instagram” va “YouTube” akkauntlari vaqtincha bloklab qo‘yilgan edi. “Twitter”  tarmog‘i esa prezidentni umrbod  qora ro‘yxatga kiritgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  Tramp hech qaysi ijtimoiy tarmoq platformasida yo‘qligi hamda “Facebook”, “Instagram”,  “Twitter”  kabi texnologik gigаntlarni sudga berishi haqida xabar berilgandi. Shuningdek,  sobiq prezident shaxsiy ijtimoiy tarmoq yaratganini eʼlon qilgandi.

 

         Cho‘lponoy Ahmedova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика