1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Kim Chen In amaldorlarni aholi turmush tarzini yaxshilashga chaqirdi

KXDR hukumatining asosiy vazifalaridan biri aholi turmush tarzini yaxshilash bo‘lishi kerak. Bu haqda Kim Chen In hukmron Koreya Mehnat partiyasining 76 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda maʼlum qildi.

Kim Chen In amaldorlarni aholi turmush tarzini yaxshilashga chaqirdi

 

 

Aynan oddiy odamlar mamlakatdagi sotsialistik qurilishning belgilab berishini taʼkidlab, Kim amaldorlarni xalqqa "xudoga xizmat qilgandek" xizmat qilishga chaqirdi.

 

"Amaldorlar o‘z harakatlari bilan odamlar manfaatlariga zarar yetkazmayotganini va noqulaylik tug‘dirmayotganini doimo o‘ylashi kerak", — degan Shimoliy Кoreya yetakchisi.

 

Kim Chen In partiyaning yanvarda tasdiqlangan besh yillik rejasini qatʼiy amalga oshirishga tayyorligini alohida qayd etgan. Eng muhimi – fuqarolarni oziq-ovqat va uy-joy bilan taʼminlash zarurligi taʼkidlandi.

 

Eʼtiborlisi, Shimoliy Koreya rahbari o‘z nutqi davomida ilk bor Janubiy Koreya va AQSH bilan munosabatlarga to‘xtalmadi.

 

Bundan avval Janubiy Koreya va KXDR o‘rtasidagi aloqa tizimi  55 kunlik tanaffusdan so‘ng tiklangani  hamda KXDR Janubiy Koreya bilan munosabatlarni tiklashga tayyorligi xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика