Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi xabar berdi.
Siyosatchi Vashington va Seulni doimiy tarzda eskalatsiyaviy taranglikni vujudga keltirishda ayblagan. U bu kabi qadamlar Pxenyanning yana-da kuchliroq reaksiyasiga sabab bo‘lishini taʼkidlagan.
"Hurmatli o‘rtoq Kim Chen In dushmanlar bizga harbiy jihatdan tahdid qilib, muloqot va muzokara haqida gapirayotganini qayd etdi. U dushmanlar bilan gaplashishga zarurat yo‘qligini aytdi ", — deyiladi agentlik xabarida.
KXDR rahbari mamlakatning yadro kuchlari javob choralariga tayyorligiga ishonch bildirgan.
Avvalroq Shimoliy Koreya yadro muzokaralaridan voz kechgandi.


