Bu haqda The Independent xabar tarqatdi.
Nashrning yozishicha, mahalliy matbuot 2011 yil Pxenyanda ko‘cha taomlari ko‘payib ketgani haqida yozar ekan, KXDR poytaxtidagi “Kumsong” oziq-ovqat zavodi yonidagi savdo rastasida go‘sht to‘ldirib, bug‘doy unidan tayyorlangan “shaurma” yeyayotgan Shimoliy koreyaliklar haqida so‘z yuritadi.
Shunday mahalliy nashrlardan biri “Rodong Sinmun” gazetasi bo‘lib, u ham aynan Kim Chen Irni mazkur taom asoschisi deya taʼriflaydi.
“U(Kim Chen Ir) odamlarga go‘sht to‘ldirib, bug‘doy unidan tayyorlangan pishiriqlar bilan xizmat qilishni buyurdi. Uning “…xalqimizga yozda mineral suv, qishda esa issiq choy bilan yeyiladigan “go‘shtli non” bilan xizmat qilinsa, yana-da yoqimli bo‘lar edi”, degan so‘zlarini eslaymiz ", - deb yozadi gazeta.
Shuningdek, maqolada yozilishicha, KXDRning amaldagi rahbari Kim Chen In “ishlab chiqarishdan tortib to xizmat ko‘rsatishgacha bo‘lgan yassi nonlarga katta qiziqish bildirgan va buning uchun chora ko‘rgan”.
Avvalroq Shimoliy Koreya qora oqqush go‘shti yordamida ochlikka qarshi kurashmoqchiligi hamda Kim Chen Inning salomatligi joyidaligi haqida xabar berilgandi.
Olamgir Abdiyev


