
Maʼlum qilinishicha, portlash shahardagi masjidlardan birida sodir etilgan. Oqibatda bir necha kishi halok bo‘lgan va yaralangan. Jabrlanganlar soni haqida aniq maʼlumot yo‘q. Hodisani “Tolibon” rasmiy vakili Zabihullo Mujohid tasdiqladi.
“Kabul News” telekanali maʼlumotlariga ko‘ra, terakt Iydgoh masjidida sodir etilgan. Kanal bu yerda Zabihullo Mujohidning onasi dafn marosimi o‘tkazilayotganini taʼkidlagan. Katta ehtimol bilan portlash ISHID tomonidan sodir etilgan. Mahalliy manbalar otishma davom etayotganini aytmoqda.
Bundan avval Jalolobodda otishma yuz bergani, uning oqibatida 5 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi. Bu otishma ham ISHID tomonidan sodir etilgani maʼlum qilingan. Shuningdek, 26 avgust kuni Kobul aeroportida ham portlash qayd etilgan.
Jahongir Qo'ziyev


