“U reytingdan joy olish uchun juda ko‘p harakat qildi. Habib bir necha hafta ichida katta jangchiga aylandi. To‘g‘ri u yaxshi jangchi, biroq eng zo‘ri emas. Uning nokautlari foizi past. Habib tepishni bilmaydi. Vazn jihatdan ham hech qachon o‘zgarish qilmagan. Uning muvaffaqiyatiga ham shu taʼsir qilgan deb o‘ylayman. U faoliyatini erta yakunladi. Habib ko‘p marta o‘ziga qarshi chiqqan bir nechta jangchilarning taklifini rad etgan”.
Eslatib o‘tamiz, jangchilar 2018 yilning oktyabr oyida jang olib borishgan edi. O‘shanda rossiyalik sportchi bo‘g‘ish usuli bilan erta g‘alaba qozongandi.
Avvalroq, UCF Vegas-34 turniri yakunlangani va Habib Nurmagomedov rossiyalik sportchilardan norozi ekanligi haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov


