1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Ko‘p qavatli uylarni boshqarish tartibi belgilandi

Nizomga ko‘ra, issiq-sovuq suv, issiqlik va elektr taʼminoti va kanalizatsiya avariyaviy shikastlanganda bu holatlar 3 kunda bartaraf etilishi zarur.

Ko‘p qavatli uylarni boshqarish tartibi belgilandi

 

Shuningdek, ko‘p kvartirali uyni boshqaradigan organ uyga kirish qismida quyidagi maʼlumotlarni doimiy joylashtirib borishi shart:

• boshqarish organining nomi, manzili, telefoni, ish tartibi, veb-sayti;

• kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning aloqa telefonlari;

taʼmirlash ishlari vaqti;

• majburiy badal, ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lov miqdori.

 

Bundan tashqari, boshqarish organi avariya vaziyatlarini bartaraf etadigan avariya-dispetcherlik xizmatini tashkil etishi kerak. Mazkur xizmat 24 soat ishlaydigan bo‘lishi lozim. Shu bilan birga, avariya-dispetcherlik xizmati mulkdorlarning qo‘ng‘iroqlariga 3 minutdan ko‘p bo‘lmagan vaqtda javob berishi kerak.

 

Xonadonlardagi kanalizatsiyalar tiqilib qolganida va ifloslanish holatlari bo‘lganida esa bu holatlar 2 soatda bartaraf etilishi zarurligi nizomda tasdiqlab qo‘yildi.

 

Avvalroq ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasidan foydalanish tartibi belgilangani haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика