Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmazor tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro F.M. S.M.ning ishonchiga kirib, uni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Janubiy Koreya Respublikasiga o‘qishga yuborishini vaʼda qilib, evaziga 2 300 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq Buxoroda o‘qishga kiritib qo‘yishini aytib, fuqarodan 300 AQSH dollar so'ragan hamda Farg‘onada “auksion” orqali arzon yer maydoni olib beraman, deb 60 million so‘mni qo‘lga kiritgan shaxs ushlangani haqida xabar bergandik.
Munojat Valiyeva


