Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berishicha, bugun Surxondaryo viloyati Termiz shahrida kuchli shamol kuzatilgan. Natijada daraxt "Nexia-2" avtomobili ustiga qulagan. Baxtsiz hodisa tufayli avtomobilga zarar yetgan, tan jarohati olganlar yo‘q.
Xavfsizlik xizmati hodisa yuzasidan murojaat yo‘llagan. "Barcha haydovchilardan yo‘llarda ehtiyotkor bo‘lishlarini, transport vositalarini daraxt yoki kuchli shamolga chidamsiz vositalar yaqinida qoldirmasliglarini so‘raymiz", — deyiladi xabarda.
Avvalroq, noqulay ob-havo sababli Toshkent shaxrida ham daraxt qulashi natijasida 6 ta (Kia, Gentra, Nexia-3, Damas, Cobalt, Niva) yengil avtomobil shikastlangan edi.


