Shimoliy Koreya Ukraina hududlarining Rossiya tomonidan anneksiyasini tan oldi. U bu harakatni maʼqullagan dunyodagi ilk va yagona davlat bo‘lib turibdi.
“Biz Donestk va Lugansk xalq respublikalari, Xerson va Zaporojye viloyatlari aholisining tanlovini hurmat qilamiz va Rossiya hukumatining yuqorida qayd etilgan hududlarni o‘z tarkibiga qo‘shib olishini qo‘llab-quvvatlaymiz”, – deyiladi KXDR TIV bayonotida.
Pxenyan “referendumlar” BMT ustaviga to‘liq mos ravishda o‘tkazilgan.
Maʼlumot o‘rnida: “DXR”,“LXR”, Zaporojye va Xerson viloyatlarining RF tomonidan egallab olingan hududlarida 23-27 sentyabr kunlari Rossiyaga qo‘shilish masalasida “referendumlar” o‘tkazildi. Ularning barchasi Moskva bilan “birlashib” ketishga rozilik bildirgan.
30 sentyabr kuni bu hududlar Rossiya tomonidan rasman anneksiya qilindi.


