KXDR yangi yadro sinovlariga tayyorgarlikni yakunladi. Bu haqda Koreya Respublikasi milliy razvedka xizmatiga tayanib Yonhap agentligi xabar berdi.
“Shimoliy Koreyadagi koronavirus bilan bog‘liq murakkab vaziyatga qaramay, raketa sinovlariga tayyorgarlik kuzatilmoqda. Yadro sinovlariga tayyorgarlik to‘liq yakunlangan, ular hozirda uni o‘tkazish vaqtini ko‘rib chiqmoqda”, – deyiladi xabarda.
Janubiy Koreya parlamenti deputatlaridan biri Kim Byon Gining so‘zlariga ko‘ra, raketa tez orada uchirilishi mumkin.
Ayrim mutaxassislar Jozef Baydenning Seulga tashrifi vaqtida raketa sinovlari o‘tkazilishi mumkinligidan xavotir bildirmoqda. AQSH yetakchisi 20 may kuni Janubiy Koreyaga boradi.
Avvalroq AQSH KXDR xakerlariga qarshi sanksiya joriy etgandi.


