1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Latviya Belarus bilan chegarada tikonli sim o‘rnatadi

Latviya keyingi haftadan boshlab Belarus bilan chegarada tikonli sim o‘rnatishni boshlaydi.

Latviya Belarus bilan chegarada tikonli sim o‘rnatadi

 

 

Mamlakat Mudofaa vaziri Artis Pabriksning aytishicha, bu qo‘shni respublikadan kelayotgan noqonuniy migrantlar oqimini to‘xtatishga yordam beradi.

 

Pabriks maxsus simlarni Sloveniya sovg‘a qilganini taʼkidlagan.

 

“Sputnik” nashri Latviya va Litvada tikonli simlar narxi keskin oshganini maʼlum qildi. Xususan, Latviya 111 km uzunlikda maxsus vositaga buyurtma bergan, ammo eng so‘nggi pallada bu simlar Litva tomonidan "ilib ketildi".

 

Har ikki davlat, shuningdek, Polsha Belarus bilan chegarada jiddiy migratsion inqirozni boshdan kechirmoqda. Hozirda bu uch davlat Belarus bilan tutash hududlarda favqulodda vaziyat joriy etgan. 2021-yil may oyida Lukashenkoga qarshi sanksiyalar kuchaytirilgandan so‘ng Belarus rahbari migrantlarning YEIga o‘tib ketishiga to‘sqinlik qilmasligini maʼlum qilgan edi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Polsha Belarusni chegaradagi vaziyat yuzasidan ayblab chiqqandi.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика