1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

“Layk” yig‘ish qimmatga tushdi

Begona uyga bostirib kirgan bir guruh yoshlar haqida qo‘shimcha maʼlumot berildi.

“Layk” yig‘ish qimmatga tushdi

 

Joriy yilning 2-noyabr kuni 1999 yilda tug‘ilgan Islom M., 2000 yilda tug‘ilgan Akmal R. va 2005 yilda tug‘ilgan Fotix K. oldindan tanishi bo‘lgan 1993 yilda tug‘ilgan Daniyel A. bilan o‘zaro og‘zaki janjallashib qolishgan. So‘ng shu kuni taxminan soat 21:00 larda ular Shayxontohur tumanidagi Daniyel M. istiqomat qilayotgan xonadonga turar joy daxlsizlgini buzib kirib, uni urib tan jarohati yetkazgan

 

Mazkur jarayonni 2005 yilda tug‘ilgan Fotix K. video tasvirga olgan, so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda layk yig‘ish maqsadida tarqatib yuborgan.

 

Yuqorida qayd etilgan holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi (“Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish”) va 142-moddasi (“Fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buzish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

 

Avvalroq, IIV matbuot xizmati rahbari ilgari ichki ishlar organlariga mazkur holat yuzasidan shikoyat, ariza yoki xabar kelib tushmagani, vaziyat tekshirilib, ishtirokchilarning harakatlari huquqiy baholanganidan so‘ng qo‘shimcha axborot berilishini maʼlum qilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика