Liviyada faoliyat yuritayotgan qurolli guruhlardan biri 15-dekabrdan 16-dekabrga o‘tar kechasi Tripoli bosh vazir Abdel Hamid Dbeybaning qarorgohini to'sib qo'ydi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, poytaxtda sodir bo‘layotgan voqealar ortida Misurata (poytaxtdan 200 km sharqda) politsiyasi turgan bo‘lishi mumkin.
Ushbu politsiya bo‘limiga Bosh milliy kongress (sobiq muvaqqat parlament) sobiq deputati Saloh Badi qo‘mondonlik qilmoqda.
U allaqachon mamlakatda “hech qanday prezidentlik saylovlari o‘tkazilmasligini” eʼlon qilgan (24 dekabrga rejalashtirilgan) va Tripolidagi barcha hukumat idoralarini yopishga qatiiy kirishgan.
Xabarga ko‘ra, prezidentlik kengashi rahbari Muhammad al-Menfi va boshqa kengash aʼzolari xavfsiz joyga yetkazilgan.
Maʼlumot o‘rnida: poytaxtning katta qismida elektr taʼminoti uzilib qolgan. G‘arbiy mintaqaning barcha qurolli tuzilmalari, asosan Tripoli atrofida shay holatga keltirilgani haqida xabarlar mavjud. Shuningdek, Tripoli chekkasida harbiy texnikaga ega turli guruhlarning jangari to‘dalari ham yig‘ilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Livanda Akkar tumani Tlayl shahridagi yoqilg‘i rezervuarining portlashi oqibatida halok bo‘lganlar xotirasiga motam kuni eʼlon qilingani hamda Bayrut porti portlashi bo‘yicha tergov ishi to‘xtatib qo‘yilgani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova


