2022/2023 o‘quv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha http://magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan 10 031 nafar fuqaroning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.
Jami qabul qilingan arizalar soni 5 ming 219 tani tashkil qildi.
Shundan:
- xorijiy til sertifikatiga egalar — 4 ming 582 nafar;
- davlat stipendiantlari — 296 nafar;
- kimyo, biologiya va informatika yo‘nalishlari bo‘yicha imtiyozli diplom egalari — 159 nafar;
- kimyo, biologiya, fizika va informatika fan olimpiadalari g‘oliblari — 12 nafar;
- ko‘zi ojizlar toifasiga kiruvchi aʼlo baholarga o‘qigan bitiruvchilar — 170 nafar.
Talabgorlar magistratura qabul natijalarini magistr.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali bilib olishlari mumkin.


