Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
"Prezident Putin bilan tezkor va to‘g‘ridan-to‘g‘ri ochiq muloqot qildim", — degan Makron. Uning so‘zlariga ko‘ra, telefon muzokarasidan ko‘zlangan maqsad "imkon qadar tezroq harbiy harakatlarni to‘xtatish" bo‘lgan.
Fransiya rahbari Putinga telefon qilishni shaxsan Vladimir Zelenskiy iltimos qilgan.
Maʼlumot o‘rnida: Rossiya 24-fevral kuni Ukraina sharqida maxsus operatsiya o‘tkazishni boshladi. Hozirda Ukrainaning ko‘plab harbiy obyektlariga aviazarbalar berilgan.
Avvalroq BMT bosh kotibi Putindan harbiy harakatlarni to‘xtatishni so‘ragandi.


