1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

“Manchester Siti” Abduqodir Husanov uchun 50 million yevro to'lamoqchi

Klub futbolchining transferi borasida “Lans”ga rasmiy taklif yubordi.

“Manchester Siti” Abduqodir Husanov uchun 50 million yevro to'lamoqchi

 

"Sky Sport" jurnalisti Patrik Bergerning yozishicha, Gvardiola boshchiligidagi jamoa 20 yoshli himoyachi uchun bonuslar bilan birga 50 mln yevro to‘lashga tayyor.

 

O‘z navbatida O‘zbekiston milliy jamoasi futbolchisi ham Angliya chempionatiga o‘tish niyatida. Tomonlar uzoq muddatli shartnoma tuzishi kutilmoqda. Transferlar borasida kuchli insayder hisoblangan Fabritsio Romano ham Abduqodir Husanov transferiga oz qolgani haqida ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar qilmoqda.

 

Abduqodir Husanov Angliyaning “Chelsi” va “Nyukasl” klublari, Ispaniyaning “Real”, shuningdek, Fransiyaning “PSJ” jamoasi qiziqishlari doirasida ekani xabar qilingandi. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, himoyachining narxi 12 million yevroga baholangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика