
U «A Seria»dagi muvaffaqiyatsiz o‘yinlardan so‘ng erishilgan g‘alabaga izoh berdi.
“G‘alaba biz uchun muhim ahamiyatga ega. Chempionlar ligasining ilk turida g‘alaba qozonishimiz shart edi, chunki milliy chempionatda hammasi biz xohlaganimizdek ketayotgani yo‘q. Bugungi natija bizga ishonch bag‘ishlaydi.
Chempionlar ligasi madhiyasini eshitish juda yoqimli bo‘ldi. Mavsum boshidagi muvaffaqiyatsizliklardan so‘ng muxlislarimizdan tanqidiy munosabatlarni kutgandik.
Biz “Yuventus”miz, qanday qilib eng yaxshi bo‘lishni bilamiz”, — deydi Lokatelli.
Maʼlumot uchun: turinliklar raqib darvozasini 3 bor ishg‘ol etdi. Ikki jamoa o‘rtasidagi javob uchrashuvi 8 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Serxi Roberto haqidagi xabarni taqdim etgan edik.
Maqsadjon Obidjonov


