
Negelsman shogirdlari Ter Stegen qo‘riqlayotgan darvozaga javobsiz 3 ta gol kiritdi.
Katalonlarning tajribali o‘yinchisi Serxi Roberto maydonda negadir to‘pni bir necha bor oldirib qo‘ydi. Bu esa «Camp Nou»ga yig‘ilgan muxlislarga yoqmadi va ular hushtakbozlik bilan o‘z noroziligini namoyish etdi.
O‘yin tugaganidan so‘ng Roberto “Barselona”ning kiyinish xonasida yig‘lab yuborgan. U bilan uzoq yillardan buyon birga to‘p surayotgan Serxio Buskets va Jerar Pike futbolchini tinchlantirishga uringan.
Ko‘plab manbalarning taʼkidlashicha, o‘yindan so‘ng “Barselona”ning kiyinish xonasida tushkun kayfiyat hukm surgan. Lekin o‘yinchilar aybni aynan bir futbolchiga ag‘darmagan va tortishuvlar bo‘lmagan. Jamoaning tajribali futbolchilari bo‘lgan narsalarni unutib, kelgusi uchrashuv haqida o‘ylash kerakligini tushuntirgan.
Maʼlumot uchun: bu ikki jamoa 8 noyabr kuni javob uchrashuvida yana to‘qnash keladi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval “Barselona”ning amalga oshmay qolgan Rodrigo transferi haqida xabar bergan edik.
Maqsadjon Obidjonov


